Jamiyat
Bosh vazir oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligida oʻtkazilgan Oʻzbekistonning investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatining joriy koʻrsatkichlari hamda ularni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilishda bir qator masʼullarga chora ko'rilgan. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yigʻilishda eksportchi va investorlarni qoʻllab-quvvatlashda yoʻl qoʻyilgan qoloqlik va kamchiliklar uchun masʼullarga intizomiy choralar koʻrilgan.
Xususan, Boʻzatov tumani va Zarafshon shahri hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari oʻz lavozimlaridan ozod etilgan. Investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlamagani natijasida 32 ta investitsiya loyihasi muddatida ishga tushirilmaganligi hamda 395 ta yangi ish oʻrinlari kechiktirib yaratilganligi uchun 19 nafar hokim oʻrinbosariga hayfsan eʼlon qilingan.
Shuningdek, Shumanay, Chortoq va Konimeh tumanlari hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga ishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tuzatish uchun 3 oylik sinov muddati belgilangan.
Yigʻilishda masʼul rahbarlar eksportyor va investorlarni oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarining samaradorligi uchun shaxsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q