Maymunchechakdan qanday himoyalanish mumkinligi aytildi

Saqlash
21:26 / 03.06.2022 1055 0

Rossiyalik virusolog, tibbiyot fanlari nomzodi Pavel Volchkov maymunchechakdan qanday himoyalanish kerakligini tushuntirdi. Bu haqida “URA.ru” xabar bergan.

 

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, iloji boricha odamlarga teginish, yaqinlashish mumkin emas. “Bularning barchasi karantin choralari hisoblanadi. Anʼanaviy ravishda notanish odamlarga teginmaslik kerak, lekin tanishlaringiz sogʻlom ekaniga ishonchingiz komil boʻlsa, bunday qilmasligingiz mumkin”, — deydi Volchkov.

 

Virusolog infeksiyaga chalingan odam maymunchechak yuqtirganini tezda bilishi, chunki kasallik simptomlari tezda namoyon boʻlishini aytgan. U karantin va profilaktika choralari infeksiyani oldini olishga yordam berishini qayd etgan.

 

Maʼlumot oʻrnida, JSST dunyoning 30 ta davlatida odamlar orasida maymunchechak bilan kasallangan 550 dan ortiq holatlardan xabardor. Tashkilot virusning dunyo boʻylab tarqalish ehtimoli yuqori ekani, JSST maymunchechak tarqalishiga qarshi kurasha olmasligi mumkinligini taʼkidlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//