Siyosat
Tojikiston Prezidentining tashrifi doirasida Zarafshon daryosida Yavan gidroelektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start berdilar.
Ushbu inshoot energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikda birinchi yirik loyiha boʻladi. 140 megavatt quvvatli zamonaviy stansiya mamlakatlarimiz energetik xavfsizligi, suv va qishloq xoʻjaligi barqarorligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.
Muhandislik ishlari toʻliq zamonaviy standartlar asosida, ilgʻor xorijiy kompaniyalar ishtirokida olib borilmoqda.
Loyihani moliyalashtirishga yetakchi xalqaro institutlar, shu jumladan Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qiziqish bildirgan.
Ushbu loyiha tarmoqning ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash, minglab xonadonlar va yangi korxonalarini “yashil” energiya bilan taʼminlashga xizmat qiladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95121
Jamiyat
91362
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q