50 tonnadan ortiq tuz sotuvdan olib tashlandi — SES

Saqlash
03:32 / 03.06.2022 809 0

SES matbuot xizmati rahbari Maftuna Saidova Oʻzbekistonda yodlangan tuz ishlab chiqarish va qadoqlash boʻyicha 117 ta korxona faoliyat yuritayotganini maʼlum qildi. Yil boshidan buyon 47 ta korxonada, may oyida 7 ta korxonada tekshirishlar oʻtkazildi.

 

Ushbu 7 ta korxonadan 11 ta tuz namunasi olindi. Tekshiruv namunalarning 27,2 foizi belgilangan standartlarga javob bermasligini koʻrsatdi. Natijada Toshkent shahri, Toshkent va Surxondaryo viloyatidagi korxonalarda 50,6 tonna osh tuzini sotishga chek qoʻyildi. Mahsulotlarni yod bilan qayta boyitish uchun joʻnatishga buyruq berildi. 7 nafar mansabdor shaxsga nisbatan tegishli hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun sudga taqdim etildi.

 

SES vakili, shuningdek, oʻtgan yili mutaxassislar Fargʻona vodiysidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida selektiv tadqiqot oʻtkazgan va tekshirilgan bolalarning 30 foizida yod tanqisligi aniqlanganini aytdi. Mintaqada isteʼmol qilinadigan tuzni oʻrganish davomida uning tarkibida 10−53,3% gacha yod miqdori yetarli emasligi maʼlum boʻldi.

 

“Epidemiologik vaziyatni toʻliq baholash uchun butun mamlakat boʻylab yanada kengroq monitoring oʻtkazish, statistik maʼlumotlarni oʻrganish zarur”, deydi Maftuna Saidova.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//