Iqtisod
Hokim yordamchilari tavsiyasiga koʻra 225 million soʻmgacha kredit beriladi. Bu haqida Markaziy bankning Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti boshqarma boshligʻi Turgʻun Hakimov maʼlum qildi.
“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslarga 33 million soʻmgacha hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi va boshqa taʼminot turlari asosida 225 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda hokim yordamchisining tavsiyanomasi bilan beriladi.
Shuningdek, 225 million soʻmdan ortiq miqdordagi kreditlar kredit olish istagini bildiruvchi tadbirkorlik subyektlariga hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) hamda hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlarining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q