Jamiyat
“Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro liniyalari ostida joylashgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Toshkent metropolitenining “Doʻstlik–Qoʻyliq” yer usti metro yoʻnalishi 1–5 bekatlari oraligʻidagi yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:
– piyodalar va velosiped yoʻlaklari;
– avtoturargohlar;
– aholi sayr qilishi uchun sayilgohlar;
– bolalar va sport maydonchalari.
Yer usti metro yoʻnalishlari ostida joylashgan tegishli yer maydonlari xatlovdan oʻtkazilgan holda ularning yer usti metro yoʻnalishlari faoliyatiga taʼsir qilmaydigan qismi Toshkent shahar hokimligi zaxirasiga oʻtkaziladi.
Ushbu yer maydonlari fudtrak hamda yengil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun E–Auksion elektron savdo platformasi orqali 5 yil muddatga ijara huquqi bilan, istisno tariqasida, 12 oyga teng ulushlarda boʻlib toʻlash sharti bilan savdoga chiqariladi.
Auksion savdolari orqali olingan yer uchastkalarida savdo va xizmat koʻrsatish, tayyor holdagi ovqatlanish mahsulotlari bilan savdo qilish shoxobchalari, kitob doʻkonlari, avtoturargohlar hamda madaniy hordiq chiqarish va sport maskanlari barpo etiladi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q