Jamiyat
Toshkent viloyatida “odamlarni tupurib davolaydigan tabib paydo boʻldi” izohi bilan tarqalgan xabarlar yuzasidan TVIIBB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat Boʻstonliq tumani IIB tezkor xodimlari va tuman DSI tomonidan hamkorlikda tekshirildi.
Oʻrganishlar davomida video tasvirdagi “tabib” – Boʻstonliq tumanida yashovchi, 1970-yilda tugʻilgan fuqaro B.Y. (chorvachilik bilan shugʻullanuvchi shaxs) ekanligi va u tabiblik borasida maʼlumotga ega emasligi aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro B.Y. taxminan 2 yildan buyon Boʻstonliq tumani, Oqtosh qishlogʻidagi, aholi orasida “Quyoshli” deb nomlangan tepalikda odamlarga echki suti sotish bilan shugʻullanib kelayotgan.
U oʻzining koʻrsatmasida, 27-may kuni “Dorivor oʻsimliklar haqida”gi kitobdan Chittigul ildizini kukun shaklida tomoqqa sepilsa “lorengit” kasalligini davolashi haqida oʻqib, togʻdan “Chittigul” ildizini terib kelganligini va kukun shaklida maydalab, quyosh taftidan nafas olish uchun kelgan fuqarolarga trubka orqali sepib (purkab), har bir muolajasi uchun 20 ming soʻmdan pul olganligini maʼlum qilgan.
Shuningdek, tekshiruv harakati davomida fuqaro B.Y. muolaja oʻtkazishda foydalanib kelgan buyumlar ashyo tariqasida olingan va hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q