Jamiyat
Mirishkor tuman hokimi oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan Begzod Boborojabov olamdan oʻtdi. Bu haqida tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ishchanlik salohiyati, ertani aniq koʻra bilishi, murakkab paytlarda ham eng toʻgʻri yoʻlni tanlay bilishi va manzil sari ogʻishmay, sabr toqat, matonat bilan harakat qilishdek qobiliyatlari bilan barchamizning koʻnglimizda mangu qoladi. Mirishkor tuman hokimligi va keng jamoatchilik marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi”, deyiladi hokimlik taʼziyasida.
OAVda eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, oʻrinbosar Sirdaryo viloyatida sodir boʻlgan “Howo“ va ”Jentra” rusumli mashinalar ishtirokidagi YTHda vafot etgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112208
Jamiyat
94885
Jamiyat
90974
Jamiyat
75753
Jamiyat
//
Izoh yo‘q