Madaniyat
Farg‘onada ma’naviyat kunlari davom etmoqda. Poytaxtdan tashrif buyurgan ijod va san’at ahli ishtirokida Qo‘qon shahar drama teatrida Nodirabegim hamda Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlangan adabiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Qo‘qon shahri hokimi Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining boshchiligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, madaniyat va san’at sohasining vatanparvar, fidokor va bilimli, qonunga itoatkor, ma’nan yetuk insonlarni tarbiyalashdagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid Qo‘qon shahrining so‘nggi yillarda chiroy ochib, ko‘rkam ko‘rinishga kelgan qiyofasi, mamlakatimizda madaniyat va san’at o‘chog‘i sifatida tutgan o‘rni, Qo‘qon adabiy muhiti xususida so‘z yuritdi.
Adabiyot bayrami munosabati bilan poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli shoirlar, olimlar va davlat arboblari Xaziniy muzeyini ham ziyorat qildilar. So‘ng Uchko‘prik tumani madaniyat saroyida Xaziniy ijodiga bag‘ishlangan adabiy anjuman o‘tkazildi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q