Madaniyat
Mastercard va CrescentRating tomonidan har yili eʼlon qilinadigan “Jahon musulmon sayohati indeksi” roʻyxatida Oʻzbekiston kuchli oʻntalikdan oʻrin oldi.
Singapurda oʻtkazilayotgan “Halal in Travel 2022” sammitida CrescentRating tashkiloti rahbari Fazal Bahardin bu yilgi koʻrsatkichlarni eʼlon qilar ekan, Oʻzbekistonga alohida toʻxtalib, reytingda eng tez koʻtarilayotgan va boshqalar uchun oʻrnak boʻladigan mamlakat sifatida eʼtirof etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyov tomonidan mamlakatimizda ziyorat turizmiga eʼtibor qaratilishi natijasida Oʻzbekiston ushbu hisobotda 2017-yildagi 32-oʻrindan bu yil 9-oʻringa koʻtarilishga erishdi.
Ushbu reytingni ishlab chiqishda qirqdan ortiq mezonlar, jumladan, mamlakatning sayyohlarga ochiqlilik siyosati, musulmon sayyohlarga yaratilgan imkoniyatlar, targʻibot va marketing ishlari, shuningdek, sayyohlarga islom merosini taqdim etish darajalari inobatga olinadi.
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
             109689
          Jamiyat
             94074
          Jamiyat
             89856
          Jamiyat
             73010
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q