Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda respublika bozorlarida shakar narxining oshishi yuzasidan ko‘plab xabarlar tarqalmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirib, tashqi va ichki bozorlarda shakar narxining o‘zgarish dinamikasi va unga taʼsir qiluvchi omillar haqida to‘xtalgan.
Qayd etilishicha, Davstatqo‘m bugungi kunda ichki bozorda 1 kg shakarning o‘rtacha narxi 9 500 – 13 000 so‘m doirasida shakllanayotgani, shuningdek, ayrim savdo nuqtalarida shakar narxining 14 000 so‘mgacha ko‘tarilgani haqida maʼlumot bergan.
Shu bilan birga, qo‘shni va boshqa MDH mamlakatlarida shakar narxi 52 foizga (so‘m ekvivalentida qo‘shni mamlakatlarda 14 000 so‘mdan 21 000 so‘mgacha) o‘sishi bilan bir qatorda, ushbu mahsulot taqchilligi bilan bog‘liq muammo va xatarlar yuzaga kelayotganligi kuzatilayotgani qayd etildi.
“Qo‘shni va boshqa MDH mamlakatlarida narxlarning oshishi, o‘z navbatida, O‘zbekiston ichki bozorida aholi va tadbirkorlar o‘rtasida ham shakar narxi bo‘yicha inflyatsion kutilmalarning kuchayishiga maʼlum maʼnoda taʼsir ko‘rsatuvchi omillardan bo‘ldi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining mintaqa va boshqa davlatlar iqtisodiyotlari bilan tashqi savdo borasida hamkorlikning kengayib va erkinlashib borishi holatida mamlakat ichidagi narxlarni qo‘shni davlatlardagiga nisbatan keskin farq qiluvchi darajada saqlab turishning deyarli imkoni bo‘lmaydi”, – deyiladi munosabatda.
Xususan, joriy yilda O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish hajmi yanvar-may oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35 ming tonna yoki 16 foizga ko‘proqni (224 ming tonnadan 259 ming tonnagacha oshgan), yaʼni taklif hajmi oshganligiga qaramay (birja orqali sotilgan hajm 177 ming tonnadan 186 ming tonnagacha ko‘paygan) shakar narxi, asosan, tashqi omillar taʼsirida o‘sishi kuzatilgan.
Vazirlik izohida aytilishicha, respublikada shakar tanqisligi mavjud emas va ichki bozorni yil yakuniga qadar shakar bilan to‘yintirish bo‘yicha barcha zaxiralar yaratilgan.
Jumladan, shakarga bo‘lgan talabning mavsumiy oshishi sharoitida (meva-sabzavotlarni konservatsiya qilish mavsumi) narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida birja savdolariga chiqariladigan shakar hajmi joriy yil iyun oyidan boshlab 50 foizgacha oshiriladi. Birjadagi savdolarga qo‘yilayotgan shakar hajmi amaldagi 2 000 tonnadan 3 000 tonnagacha oshiriladi.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q