Jamiyat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida “Anhor-Lokomativ” bog‘ida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda Toshkent shahar Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun “Har bir farzandga mehr, e’tibor” nomli ma’naviy-ma’rifiy va musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
Satira va Yosh tomoshabinlar teatri aktyorlari, san’atkorlar, shoirlar bolajonlarga bir olam quvonch ulashdi. Kechada sahna asarlaridan parchalar namoyish etildi. Tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlar tomonidan she’rlar o‘qildi, qo‘shiqlar kuylandi. Bayramga kelgan barcha bolalar esdalik sovg‘alari va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.
.jpg)
Kechani Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Gulchehra Shahobiddin qizi olib bordi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bolalar shoiri Dilshod Rajab bolajonlarga atab yozilgan she’rlaridan o‘qib berib davraga yanada fayz kiritdi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112456
Jamiyat
95121
Jamiyat
91362
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q