Madaniyat
Bugun farg‘onaliklar yirik madaniyat va san’at anjumani ruhi bilan yashamoqda. “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida adabiy kechalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
Ma’naviyat fidoyilari, ziyolilar, olimlar, san’at namoyandalari, kino arboblarb mamlakatimizning bugungi nafasi, tub o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini xolis va ta’sirchan tarzda xalqimizga yetkazishda yanada faollik, tashabbus ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, tadbirlar davomida xalqimizning sevimli, fidoyi farzandlari ham yod etilib, ularning xotirasiga hurmat ko‘rsatilmoqda.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov va qator targ‘ibotchilar Oltiariq tumanining sevimli farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning uy muzeyida bo‘lishdi. Oila a’zolari bilan suhbatlashib, shoirni yod etishdi.
Shundan so‘ng shoirning 75 yilligiga bag‘ishlab “Hayotning har lahzasi go‘zal” shiori ostida Oltiariq tumanida madaniy-ma’rifiy tadbir uyushtirildi. Unda taniqli adabiyot va san’at vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yosh yigit-qizlar tomonidan Anvar Obidjonning hayoti aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Shoirning sara she’rlaridan namunalar o‘qildi. Kechada faol ishtirok etgan o‘quvchilarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan kitoblar jamlanmasi tuhfa qilindi.
Shundan so‘ng Ma’naviyat karvonining navbatdagi manzili Oltiariqdagi tekstil korxonasi bo‘ldi. Ayni paytda tumandagi "Promoda textile" korxonasida 50 nafardan ziyod xotin-qiz faoliyat yuritmoqda.
Tashrif davomida el ardog‘idagi ziyolilar korxonadagi chevarlar bilan qizg‘in suhbat qurishdi hamda ularga kitob sovg‘a qilishdi. San’atkorlar tomonidan jonli ijro etilgan taronalar mehnatkash opa-singillarimizga xush kayfiyat baxsh etdi.
Poytaxtdan tashrif buyurgan ijodkorlar el suygan hofiz Ma’murjon To‘xtasinov xonadonida ham bo‘lib, marhumning ruhiga qur’on tilovat qildilar. Ustozning farzandlari bilan dildan suhbat qurdilar.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q