Jamiyat
«Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qaroriga ko‘ra, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilgan edi.
Xorazm viloyati hokimi qarori bilan Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, tijorat banklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda moddiy yordam pullarini 2 hafta muddatda to‘liq to‘lanishini ta’minlash haqida topshiriq berildi.
Uyida vaqtincha bo‘lmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra bir martalik moddiy yordam pulini o‘z vaqtida ololmagan fuqarolar uni 2022 yil 1 sentabrga qadar olish huquqiga ega ekani belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, bir martalik moddiy yordam pulini olish huquqiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirilib, «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu oilalarning har bir a’zosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalarga «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi va boshqa manbalar hisobidan bepul un tarqatish yoki naqd pul ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatib borilishi belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan viloyatning mahalliy budjetlari orqali shaharlar va tumanlar «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armalariga jami 3 milliard so‘m ajratiladigan bo‘ldi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q