“Fidoyi yoshlar yetakchisi” respublika koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi

Saqlash
07:42 / 01.06.2022 1095 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda mahallalardagi yoshlar yetakchilari oʻrtasida “Fidoyi yoshlar yetakchisi” respublika koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi.

 

Tanlovdan koʻzlangan maqsad mahallalarda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etish, yoshlar yetakchilarining maʼnaviy saviyasi va bilimini oshirish orqali mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit rivojiga hissa qoʻshish, yoshlarda Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat tuygʻularini oshirish hamda ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirishdan iborat.

 

Tanlov uch bosqichda tashkil etiladi:

 

1-bosqich tuman (shahar) bosqichi iyun oyi davomida;

 

2-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida hududiy bosqich iyul oyi davomida;

 

3-bosqich – Respublika bosqichi Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida oʻtkaziladi.

 

1-oʻrinni qoʻlga kiritgan yoshlar yetakchisining nomzodi “Kelajak bunyodkori” koʻkrak nishoniga tavsiya etiladi, gʻolib faoliyat yuritayotgan mahalla fuqarolar yigʻinida kutubxona tashkil qilinib, 5 000 dona kitoblar jamlanmasi beriladi, shuningdek, qimmatbaho sovgʻalar, pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

 

2- va 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan yoshlar yetakchisi “Oʻzbekiston belgisi”, “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi”, “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishonlariga tavsiya etiladi, gʻoliblar faoliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yigʻinida kutubxona tashkil qilinib, 3 000 donadan kitoblar jamlanmasi ajratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//