Targ‘ibotchilar Lola Murodova xonadonida bo‘lib, yaqinlariga ta’ziya bildirdi

Saqlash
05:45 / 01.06.2022 1229 0

Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tayotgan ma’naviy-ma’rifiy kunlar doirasida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Husanov boshchiligidagi uchrashuvlar davom etmoqda.

 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Bahodir Nishonov, Abdulla Shomag‘rufov, Qilichbek Tojiyev, xonandalar Sardor Bekmurodov, Abdujalil Qo‘qonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Xosiyat Rustamova hududdagi nogironligi bo‘lgan insonlar, bemor bolalar, nuroniy otaxon va onaxonlar bilan uchrashdi. 

 

 

Xususan, O‘zbekiston Qahramoni Lola Murodovaning xonadonida bo‘lib, marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirildi. Shundan so‘ng Oltiariq tumanidagi “Fayzobod” MFYda istiqomat qilayotgan 85 yoshli Umarova Donoxon aya va “Yog‘du” MFYda yashovchi  104 yoshli Maqsudova Turdi momolarning holidan xabar olindi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//