Iqtisod
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi joylashgan bino auksion savdolari (e-auksion) orqali sotuvga chiqarildi.
Ushbu maʼmuriy bino (balansda saqlovchi: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 4-uy manzilida joylashgan.
Savdo oʻtkazish sanasi 06.06.2022-yil etib belgilangan. Boshlangʻich narxi – 66,5 mlrd. soʻm.
Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan AKT vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning bir qator davlat mulki obyektlari ham auksion savdolariga chiqarilgan.
Jumladan:
Toshkent shahar, Qirq qiz koʻchasi, 10a-uy manzilida joylashgan maʼmuriy bino (balansda saqlovchi: “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʻmaklashish markazi» DM, savdo oʻtkazish sanasi 06.06.2022-y., boshlangʻich narxi 18,5 mlrd. soʻm.
Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, 3-kichik tuman Navroʻz koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar (balansda saqlovchi: UNICON.UZ DUK, savdo oʻtkazish sanasi 30.06.2022-y., boshlangʻich narxi 2,768 mlrd. soʻm.
Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, S.Raximov koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan Surxondaryo RTUM obyekti (balansda saqlovchi: “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK, savdo oʻtkazish sanasi 09.06.2022-y. boshlangʻich narxi 677,4 mln. soʻm.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q