Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda qayd etilishicha, hamma viloyat, tuman va shahar hokimlari ham dunyoda boʻlayotgan vaziyatni baholab, ishini toʻgʻri tashkil qilayotgani yoʻq. Buni bozorlarimizdagi narx-navo koʻrsatib turibdi.
Jumladan, may oyida inflyatsiya darajasi 1 foizga oshib, bu oʻtgan yilga nisbatan yuqori boʻldi.
Uch kun muddatda barcha mahalla va qishloqlarda asosiy mahsulotlar bilan taʼminlash darajasini oʻrganib, kerak boʻlsa, boshqa hududlardan tezkorlik bilan yetkazib berish vazifasi qoʻyildi.
“Asosiy maqsadimiz – aholini rozi qilish ekanini bir zum ham unutmaslik lozim. Narxlarni sunʼiy ushlab turib, bu masalada koʻzboʻyamachilik yoki ura-urachilikka yoʻl qoʻyib boʻlmaydi”, dedi Prezident.
Bugungi kunda bir dona tuxumning oʻrtacha tannarxi 1 ming soʻm boʻlsa, uning ulgurji narxi 900 soʻmdan oshmayapti.
«Parrandachilik korxonalari rahbarlari vaziyatni tushunib, tuxum narxini oshirmayapti, buning uchun ularga rahmat.
Lekin, qaysi viloyat, tuman va shahar hokimi ular bilan uchrashib, ozuqa yem, transport, aylanma mablagʻ masalalarida yordam berayapti, degan savolga, afsuski, ijobiy javob yoʻq», dedi Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q