Samarqand–Toshkent yoʻnalishidagi “Afrosiyob” poyezdi harakat paytida toʻxtab qoldi

Saqlash
21:03 / 31.05.2022 902 0

Samarqand–Toshkent yoʻnalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi yoʻlovchi poyezdi 30-may kuni harakat vaqtida toʻxtab qoldi. Bu haqida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, holat shu kuni 17:40 da Jizzax–Zarbdor peregonida yuz bergan. Bunga bort tizimida nosozlik yuzaga kelgani sabab boʻlgan.

 

Soat 18:30 da kamchiliklar bartaraf etilgach, yoʻlovchi poyezdi oʻz harakatini davom ettirgan.

 

“Yoʻlovchilardan uzr soʻrab, toʻgʻri tushunishlarini soʻrab qolamiz”, – deyiladi xabarda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//