
Jamiyat
Hafta davomida Oʻzbekiston boʻyicha iqlimiy meʼyorlarga yaqin boʻlgan havo harorati bilan asosan kam bulutli va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Bugun, 30-may kuni respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 25-28° atrofida boʻladi. Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida, asosan, togʻoldi va togʻli hududlarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Ertaga va ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim kunlari togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Harorat asta-sekin koʻtariladi va hafta oʻrtasiga kelib, 1-2-iyun kunlari kechalari 15-18°, kunduz kunlari 31-34° atrofida, janubda va choʻl hududlarida 35-37° gacha boʻladi. 3-iyun juma kuni harorat foni 2-3° ga pasayadi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q