Iqtisod
Oʻzbekistonda soliq toʻlovchilarga soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berish hamda “Soliqchi – koʻmakchi” tamoyili asosida chora qoʻllashdan oldin bartaraf etishga imkoniyat yaratish talabidan kelib chiqib, xarid cheklarini berish bilan bogʻliq qator oʻzgartirishlar joriy etiladi. Bu haqida Davlat soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.
Unga koʻra, 2022-yil 1-iyundan boshlab “Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat boʻyicha soliq toʻlovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat oʻtkazilib, tadbirkorlik subyektining qonun talablarida ish yuritishi toʻgʻrisida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan taʼsirchan moliyaviy jazo choralari koʻrilmaydi.
Mazkur ogohlantirishdan keyin ham xulosa qilinmasdan, qonun buzilishlari davom ettirilib, ushbu tadbirkorlik subyekti boʻyicha ikkinchi marotaba murojaat kelib tushsa belgilangan tartibda oʻrganish oʻtkaziladi va natijasi boʻyicha soliq tekshiruvi tashkil etiladi.
Shuningdek, murojaat boʻyicha sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilayotgan yoki oʻtkazilgan tekshiruv natijasi boʻyicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subyekt boʻyicha takroriy tushgan murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.
Jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha boʻyicha 1-martadan koʻp murojaat yuborilishiga cheklov oʻrnatiladi.
Bundan tashqari, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi murojaatlari, mukofot toʻlanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.
“Davlat soliq qoʻmitasi ushbu oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda, chek talab qilib, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolarimizni ragʻbatlantirishni va noqonuniy ishlash yoʻlini tanlagan ayrim subyektlarga nisbatan taʼsirchan nazorat tadbirlarini izchil davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Sport
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q