
Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Fidoiy yoshlar yetakchisi” tanlovini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tanlovni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda tashkil etadi.
Mahallalarda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etish, yetakchilarning maʼnaviy saviyasi va bilimini oshirish orqali ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga hissa qoʻshish, oʻgʻil-qizlarda Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat tuygʻularini tarbiyalashni qoʻllab-quvvatlash hamda bu boradagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, faol yetakchilar mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsad qilingan.
Yigʻilishda tanlovning barcha bosqichlarini yuqori saviyada oʻtkazish, hakamlar hayʼatini adolatli va tajribali mutaxassislardan shakllantirish, gʻoliblarni munosib taqdirlash kabi masalalar muhokama etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q