Jamiyat
Respublikada bir nechta mahalliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, ular ommalashmayotganining sabablari bor. Bu haqida 28-may kuni boʻlib oʻtgan Senat yalpi majlisida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Doniyor Rustamov aytib oʻtdi.
Doniyor Rustamovning taʼkidlashicha, mahalliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni rivojlantirish uchun texnik va boshqa bir qator imkoniyatlar kerak.
“Oʻzimizda ishlab chiqilgan milliy messenjer va ijtimoiy tarmoqlarni rivojlanmaslik holati boʻyicha oʻrganish oʻtkazdik. Bunga bir qancha omillar borligi aniqlandi. Masalan, bizda Davrauz, Gap kabi milliy messenjerlar yaratilgan. Lekin ular rivojlanmayapti. Bu holat tahlil qilinganda, aholining ushbu messenjerlarga ishonchsizlik bildirishi maʼlum boʻldi. Milliy ijtimoiy tarmoq yoki messenjerlar ishlab chiqilgandan keyin ulardagi maʼlumotlar uzatilishi va qabul qilinishidagi xavfsizlik masalasi asosiy muammo hisoblanadi. Shu bilan birga, tizimning uzluksiz ishlashi, foydalanuvchilar uchun oʻsha messenjer platformasida qulayliklar yaratilishi ham talabga javob bermaydi”, — dedi vazir oʻrinbosari.
Doniyor Rustamovning qoʻshimcha qilishicha, ayni paytda milliy messenjerlar yaratish uchun dasturchilar tanlab olingan.
“Aprel oyida Oʻzbekistondagi barcha ishlanmalar dasturchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazib, muammolarini eshitdik va ularni hal qilish uchun yordamlar koʻrsatdik. Oʻrganishlarga koʻra, ishlab chiqilgan koʻplab messenjerlar uchun dasturchining xonadoni yoki ofisida mavjud qurilmalardan foydalanilgan. Afsuski, u qurilmalarning texnik imkoniyatlari katta emas. Katta hajmdagi maʼlumotlarga ishlov bera olmaydi. Yana bir masala, oʻsha maʼlumotlarni uzatish va qabul qilishdagi imkoniyatlar cheklangan. Masalan, Telegramʻni eng ishonchli messenjer deymiz. Unda kerakli kriptografik himoya vositalaridan foydalaniladi. Ertaga oʻzimizdagi messenjerlar ekspertizadan yaxshi oʻtsa, aholiga: ʻbu ijtimoiy tarmoq oʻrnatilgan tartibda ishga tushirildi, kriptografik himoya vositalari ham, modullari ham ekspertizadan oʻtgan. Bundagi maʼlumotlarni bardoshliligi kafolatlanganʻ, degan kafolatni berish masalasini alohida belgilab oldik. Hozirda milliy messenjerlar yaratish belgilab olindi va buning uchun dasturchilar tanlandi. Oʻylaymanki, shu yilning yakunigacha 1 yoki 2 ta messenjerni toʻliq axborot xavfsizligi talablariga ekspertizadan oʻtgani boʻyicha axborot beramiz”, — dedi vazirlik rasmiysi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q