Jamiyat
O‘quvchilar uchun temiryo‘l va aviachipta narxlariga 50 foizlik chegirmalar berish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylar talaba va o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, qishki ta’til 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Ta’kidlanishicha, ularning bu davrda doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” hamda Uzbekistan Airways bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Shunga muvofiq, 18-dekabr-12-yanvar oralig‘ida talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi (hali O‘ztemiryo‘l va aviakompaniya chegirmalar haqida rasmiy e’lon bergani yo‘q).
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
110717
Jamiyat
94437
Jamiyat
90342
Jamiyat
74182
Jamiyat
//
Izoh yo‘q