8-dekabrdan O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

Saqlash
17:08 / 05.12.2025 35 0

8−10-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib keladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

 

8−9-dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarida 8−10-dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

 

9−10-dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15−18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20−22 m/s gacha kuchayadi.

 

10-dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin, kechalari −2…−5 darajagacha, kunduz kunlari +3…+6 darajagacha, shimolda kechalari −7…−10 darajagacha, kunduz kunlari 0…-3 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//