Jamiyat
8−10-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
8−9-dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarida 8−10-dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchayadi.
9−10-dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15−18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20−22 m/s gacha kuchayadi.
10-dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin, kechalari −2…−5 darajagacha, kunduz kunlari +3…+6 darajagacha, shimolda kechalari −7…−10 darajagacha, kunduz kunlari 0…-3 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
O‘zgidromet, shuningdek, 6−9-dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
110717
Jamiyat
94437
Jamiyat
90342
Jamiyat
74182
Jamiyat
//
Izoh yo‘q