Jamiyat
Toshkent viloyatida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida maxsus komissiya vertolyot patrulini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aero-patrul davomida komissiya rahbarlari Aziz Abduhakimov va Doniyor Qodirov vaziyat bilan shaxsan tanishdi va atmosfera havosining ifloslanishi bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Ekoqo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, aerokuzatuv ekologik me’yorlarni buzayotgan korxona va obyektlarni, jumladan, yashirin yoki yetib borish qiyin bo‘lganlarini tezkor aniqlash imkonini beradi.
“Bunday yondashuv monitoring samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, noqonuniy tashlamalarni aniqlashga va darhol choralar ko‘rishga yordam beradi”, — deya ta’kidlanadi xabarda.
Maxsus komissiya ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va aholi salomatligini himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni davom ettiradi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111587
Jamiyat
94636
Jamiyat
90622
Jamiyat
75089
Jamiyat
//
Izoh yo‘q