Jamiyat
4-dekabr kuni “Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan poytaxt transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, Toshkentda:
– aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish; avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligini 18 km/soatdan 24 km/soatgacha oshirish;
– transport vositalari uchun 150 mingta o‘ringa ega to‘xtab turish joylarini tashkil etish;
– metropoliten tarmog‘i uzunligini 103 kilometrga yetkazish rejalashtirilgan.
Hujjatga binoan, poytaxtda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– zamonaviy raqamli va “yashil” texnologiyalarni qo‘llagan holda transport, yo‘lovchi va piyodalar oqimlarini uzluksiz monitoring qilish asosida yo‘l harakatini tashkil etish;
– Toshkent shahrining transport master rejasini ishlab chiqish; hududlardan kirib keladigan asosiy avtomobil yo‘llari, avtobus va metro bosh bekatlari kesishmalarida transport vositalari uchun ko‘p qavatli parkovkalar barpo etish;
– yerusti metro liniyalari va yo‘l o‘tkazgichlari ostida xavfsizlik talablariga muvofiq to‘xtab turish joylarini tashkil etish.
Qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar jamoat transporti ulushini oshirish, yo‘llarning o‘tkazuvchanligini yaxshilash va poytaxt aholisi hamda mehmonlari uchun harakatlanishni yanada qulay qilishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
112452
Jamiyat
95116
Jamiyat
91358
Jamiyat
76036
Jamiyat
//
Izoh yo‘q