Siyosat
“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi. Bu haqidagi tegishli qaror loyihasi regulation.gov.uz portaliga muhokamaga qoʻyildi.
Unda qayd etilishicha, davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari, tijorat yoki notijorat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar tomonidan tajriba oʻtkazish davrida aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab etiladigan alohida turdagi maʼlumot va hujjatlar Mobil ilova orqali elektron koʻrinishda taqdim etilgan taqdirda ular qogʻoz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi;
Mobil ilova orqali taqdim etiladigan alohida turdagi maʼlumot va hujjatlar ushbu mobil ilovada shakllantiriladigan QR-kod orqali tekshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjati (pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya kartasi) boʻlgan 16 yoshga toʻlgan shaxslar elektron hujjatlardan mobil ilova orqali foydalanish huquqiga ega;
Mobil ilovadan foydalanishda mobil trafik uchun toʻlov undirilmaydi.
“Fuqarolarning raqamli pasporti” pasport, haydovchilik guvohnomasi, avtotransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisida guvohnoma, Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va talaba toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hujjatlarni oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari, jismoniy shaxs tomonidan umumiy taʼlim muassasasini (11-sinf negizida) tamomlagani toʻgʻrisida maʼlumot, koronavirusga qarshi emlanganlik holati toʻgʻrisidagi maʼlumot, kadastr pasporti haqida maʼlumot, tugʻilganlik va nikoh qayd etilganlik haqidagi dalolatnoma maʼlumotlari oʻrin oladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q