Oʻzbekistonga sovuq antitsiklon kirib kelyapti

Saqlash
00:40 / 28.05.2022 702 0

Bugun Oʻzbekiston hududiga Volga boʻyi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Respublika boʻyicha qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda momaqaldiroq boʻladi. Kunduz kuni havo harorati 23-28° atrofida boʻladi.

 

Ertaga faqat Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab, Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida esa kechasi va kun davomida yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Respublikaning barcha hududlari sovuq antitsiklon taʼsiri ostida boʻladi, buning hisobiga harorat foni iqlim meʼyoridan 6-9° ga past boʻladi va 21-26° dan yuqori boʻlmaydi.

 

Yakshanba kuni hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechqurun momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi biroz ehtimoli bor. Kechasi havo harorati 10-15° gacha pasayadi, kunduzi esa 23-28° gacha biroz koʻtariladi.

 

27-29-mayda respublika boʻyicha baʼzi shimolda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi kutilmoqda.

 

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 27-29-may kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 27-28-may kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi, sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//