Jamiyat
Qoraqalpog‘istonlik Beknazar Abdikamalov va Aziz Murtazayev Janubiy Koreyalik hamkori Jastin Kim bilan birgalikda Ami ruhiy salomatlik bo‘yicha startap ishga tushirish uchun Meta (Facebook) grantini qo‘lga kiritdilar. Investitsiyalar hajmi 3 million dollarni tashkil etgan. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, loyiha ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilish uchun onlayn maslahat seanslarini o‘z ichiga oladi. Bu Osiyo mamlakatlaridagi biznes egalariga o‘z xodimlarining ruhiy salomatligini yaxshilash imkonini beradi.
Startap asoschilari ta’kidlashicha, bunday platformani yaratish g‘oyasi pandemiyadan keyin paydo bo‘lgan, negaki Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2022 yil mart oyidagi hisobotiga ko‘ra, pandemiyadan so‘ng butun dunyo bo‘ylab depressiya, tushkunlik darajasi 25 foizga oshgan.
“Biz Ami jamoasining ishtiyoqi va iste’dodidan hayratdamiz. Ularning Osiyo aholisiga ruhiy salomatliklarini saqlash yo‘lida yana bir usul taqdim etish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqchimiz”, dedi Sunita Parasuraman, “Meta” kompaniyasining investitsiyalar bo‘limi rahbari.
Osiyoning ulkan startap markazlari Singapur va Jakartadan tashqari, Ami startapini butun Osiyo bo‘ylab kengaytirish, bu orqali kompaniyalarga ruhiy salomatlik platformasi yordamida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. Loyiha asoschilari, jamiyatda ruhiy salomatlik ahamiyati haqidagi bilimlarni oshirishni o‘zlari uchun oliy maqsad deb bilishadi.
Moliyalashtirish bosqichida Meta’ga investorlardan “Goodwater Capital” (“Kakao”, “Coupang” va “Viva Republica”), “Strong Ventures”, “January Capital” va “Collaborative Fund” kelib qo‘shilgan.
Ma’lumot uchun, nukuslik Aziz Murtazayev bungacha Facebook'da, Beknazar Abdikamalov esa Amazon'da ishlagan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q