Siyosat
2022-yil 26-may kuni Qohira shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Misrning “al-Azhar” majmuasi Islom tadqiqotlari akademiyasi bosh kotibi Nazir Muhammad Nazir bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va “al-Azhar” oʻrtasidagi aloqalar izchil rivojlanmoqda. Hamkorlik uchun “al-Azhar” majmuasi rahbari, Bosh imom shayx Ahmad at-Tayyibning 2018-yil oktyabr va 2020-yil mart oylarida Oʻzbekistonga tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz diniy-maʼrifiy muassasalari oʻrtasida ilm-fan, taʼlim va din sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Uchrashuv chogʻida millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik, jaholatga qarshi maʼrifat tamoyillari hamda Islom dinining mehr-oqibat, moʻtadillik, tinchlik, insonparvarlik, doʻstlikni tarannum etuvchi pok risolasini xalqaro maydonda targʻib etishga qaratilgan qoʻshma tadbirlar tashkil etish muhimligi taʼkidlangan.
Shuningdek, “al-Azhar” majmuasi bilan diniy-maʼrifiy va ilmiy tadqiqot, diniy soha vakillarining malakasini oshirish yoʻnalishlarida kelishuvlarga erishilgani maʼlum qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q