Jamiyat
Buxoro shaxridagi 19-maktabda o‘quvchi faxriy yorliq berilmagani uchun direktorga suv sepdi. Bu haqda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 25-may kuni 19-umumta’lim maktabida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri vaqtida sodir bo‘lgan. Holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat XTB mas’ullari tomonidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, maktabning 11-sinf o‘quvchisi unga faxriy yorliq berilmaganidan norozi bo‘lib, direktorning ustiga suv sepib yuborgan.
Holat bo‘yicha o‘quvchining ota-onasi bilan farzandi hatti-harakatlari yuzasidan IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. XTB mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beradi va tegishli qonuniy choralarni ko‘radi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112312
Jamiyat
94984
Jamiyat
91107
Jamiyat
75872
Jamiyat
//
Izoh yo‘q