Siyosat
Oʻzbekistonda pensionerlar, nafaqaxoʻrlar, kam taʼminlanganlar bir martalik pul yordami oladi. Bu haqida Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Prezidentning “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, jumladan, kam taʼminlangan bolali oilalarni aniq yoʻnaltirilgan tarzda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod vakillari manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek, insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam koʻrsatilishi belgilangan:
a) yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila aʼzosiga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:
Oʻzbekiston respublika byudjeti hisobidan boshqa organlar orqali pensiya oluvchilarga tegishli vazirlik va idoralar tomonidan mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan shartlarda va miqdorlarda bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;
b) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam taʼminlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga toʻlmagan bolasiga – 200 ming soʻmdan.
Bir nechta toifa boʻyicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa boʻyicha toʻlab beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
5 Izohlar
Zilola
12:01 / 01.01.1970
Men otam onam bn turaman yoshim 23da onam kiridit olib opam bn ikkalamizni uqtoptila kiridit foizi baland oilaviy sharoitimiz ogroq otam ish siz
Farida
12:01 / 01.01.1970
Men 2-gurux nogroniman 1 martalik pulni qanday olinadi
Norxol
12:01 / 01.01.1970
Meni oylam bor ayolim sutudent men birozim ishlayman ikki nafar voyage yetmagan farzadlarimiz bo biz ham olsak boladimi birmartalik yodam pulini
Xolmoʻminova Zarnigor
12:01 / 01.01.1970
Onam vafot etgan otamni mazasi yoʻq hech qayerga ishlamaydi 2002-yil opam bor maktabga farrosh boʻlib ishlaydi shuni oyligiga kun koʻramiz
DavlatMuhitdinov
12:01 / 01.01.1970
2004 yil man 18 ga Kirgan pul olsam buladimi qanday qilib olaman