Jamiyat
Joriy yilning mart oyida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Fargʻona viloyati delegatsiyasi Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Sejong shahrida boʻlib, “Hanshin Engineering & Construction Co Ltd.» kompaniyasi tomonidan qurilayotgan hamda qurib foydalanishga topshirilgan turar-joy majmualari bilan tanishgandi.
Shuningdek, Seuldagi “Hanshin Engineering & Construction” kompaniyasi markaziy ofisida boʻlib, Qoʻqon shahrida “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etish boʻyicha qiymati 250 million dollarlik investitsion kelishuv imzolangandi.
Kuni kecha, viloyat hokimi Koreyaning “Hanshin Engineering & Construction Co Ltd.» rahbari Choy Mun Kyu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Unda ushbu kelishuvlarga asosan, Qoʻqon shahrida “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etish ishlarini yaqin kunlarda boshlash masalalari muhokama qilindi.
Kelishuvga koʻra, Koreya kompaniyasi Qoʻqon shahrida 9, 12 va 16 qavatli 5122 xonadondan iborat 127 ta koʻp qavatli turar-joy binosi, taunxauslar, markaziy park, maktab, bolalar bogʻchasi va boshqa zarur ijtimoiy obyektlardan iborat “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etadi. Turar-joylarning podval qismida 5000 dan ziyod avtomobillar uchun yerosti avtoturargohlari oʻrin oladi.
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q