O‘qituvchidan gap eshitib, derazadan chiqib ketgan o‘quvchi qiz voqeasiga munosabat bildirildi

Saqlash
21:06 / 25.05.2022 728 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchidan gap eshitgan o‘quvchi qiz derazadan sakrab chiqib ketgani aks etgan video tarqaldi.

 

Tarqatilgan ba’zi xabarlarda o‘quvchi qizni maktabning ikkinchi qavatidan o‘zini tashladi, degan izohlar ham uchragan edi.

 

Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, mazkur holat haqiqatda Qo‘shtepa tumanidagi 22-maktabda bo‘lib o‘tganligi aniqlangan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, holat joriy yilning 23 may kuni ushbu maktabning birinchi qavatida joylashgan kimyo fani sinfxonasida bo‘lgan.

 

Maktabning 8-sinf o‘quvchisi A.A. dars paytida kalitni uyiga tashlab kelish uchun ruxsat so‘ragan.  O‘qituvchi dars tugashiga 5 daqiqa qolganini bildirgan. Biroq o‘quvchi muallima gapiga quloq solmasdan derazadan sakrab, qochib ketgan.

 

Shundan so‘ng o‘qituvchi uni qayta sinfxonaga olib kirib tanbeh bergan, biroq o‘quvchi qiz yana derazadan qochib ketgan.

 

Shu holat A.A. ning sinifdoshi tomonidan telefonda tasvirga olinib tarqatilgan. O‘quvchi A.A. sog‘-salomat hech qanday tan jarohati olmaganligi ma’lum qilindi.

 

Mazkur xabar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//