Jamiyat
Oʻzbekistonga maymun chechagi kirib kelgan taqdirda mamlakatda karantin cheklovlarini joriy qilishga zarurat yoʻq. Bu haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.
“Yurtimizga bu kasallik kirib kelgan taqdirda ham birorta shifoxonani mazkur kasallikka moslashtirish yoki alohida shifoxona tashkil etishga ehtiyoj yoʻq. Chunki Oʻzbekistonda 1980-yildan avval tugʻilganlarning barchasi kasallikka qarshi emlangan. Yaʼni hozirda mamlakatimiz aholisining 50 foizida emlash orqali immunitet paydo qilingan. Bilamizki, bunday holatda kasallik ommaviy epidemiya tarzida tarqalib ketmaydi”, deydi Otabekov.
Oʻzbekistonda hozirgacha maymun chechagi kasalligi qayd etilmagani haqida xabar bergan edik.
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
110552
Jamiyat
94405
Jamiyat
90297
Jamiyat
74005
Jamiyat
//
Izoh yo‘q