Siyosat
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri, shahzoda Feysal bin Farxan bin Abdulla bilan telefon orqali muloqot qildi.
22 may kuni bo‘lib o‘tgan suhbatda Saudiya tomoni Abdulaziz Kamilovni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili deb qayd etgan.
«Muloqot chog‘ida ikki qardosh mamlakatning intilishlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida ikki tomonlama munosabatlar va ularni barcha sohalarda mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqildi», – deyiladi xabarda.
Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan so‘nggi mintaqaviy va xalqaro o‘zgarishlar va masalalar muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 22 aprel kuni 2012 yildan buyon tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Abdulaziz Kamilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Uning o‘rnini vaqtincha Vladimir Norov egalladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q