Buxoroda “Malika Sulton” zardoʻzlik va hunarmandchilik markazi ochildi

Saqlash
08:46 / 24.05.2022 1059 0

Buxoroda oʻtkazilayotgan “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik” va “Milliy kashtadoʻzlik sanʼati” festivallari doirasida “Malika Sulton” zardoʻzlik va hunarmandchilik markazi ochildi. 

 

Unda taʼkidlanishicha, zardoʻzlik markazining ochilishi festivalning muhim loyihalaridan biri hisoblanadi. Butun dunyoda zardoʻzlik sanʼati vatani deya eʼtirof etilgan Buxoroda shu vaqtga qadar ushbu hunar turiga bagʻishlangan alohida markaz yoʻq edi. 


Ayni paytda viloyatda 120 nafardan ortiq zardoʻz ustalar faoliyat yuritayotgan boʻlib, ularning sanʼat asarlari jahonning koʻpgina nufuzli yarmarkalarida eʼtirof etilmoqda.


Tadbirkor va usta zardoʻz Mahfuza Salimova tomonidan tashkil etilgan mazkur markaz zardoʻzlik ustaxonasi, ushbu mahsulotlarning tarixiy va zamonaviy sara namunalari muzey-galereyasidan iborat. 


Mazkur dargohda 60 nafar usta zardoʻz, 40 nafarga yaqin shogirdlar ham doimiy asosda ish bilan taʼminlangan. 


Viloyat zardoʻzlik sanʼati rivojida yetakchilikni qoʻlga olgan markaz kelgusida ushbu qadimiy hunarmandchilik tarixini tadqiq etish, unutilib borayotgan turlari, tikish uslublarini qayta tiklash hamda ilmiy asosda oʻrganishda ham tashabbus koʻrsatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//