“Sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas” – Prezident

Saqlash
03:40 / 24.05.2022 769 0

Shavkat Mirziyoyev raisligida sport ta’limini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 

Qayd etilishucha, yig‘ilishda so‘nggi besh yilda sportni rivojlantirishga qariyb 4 trillion so‘m yo‘naltirilib, 118 ta yangi yirik sport ob’yektlari foydalanishga topshirilgani va 110 ta ob’yekt rekonstruksiya qilingani ta’kidlangan. 

 

Keltirilishicha, joriy yilda sport sohasiga 2 trillion 300 milliard so‘m (2017-yildan 5 baravarga ko‘p), shundan sport ta’lim muassasalari uchun 1 trillion 200 milliard so‘m ajratilgan. 

 

Shuningdek, O‘zbekistonda ilk bor barcha mahallalardagi yoshlar yetakchilari, maktablarning jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport maktablari trenerlari ishtirokida yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha yangi besh bosqichli musobaqalarga start berilgan. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel-may oylarida musobaqalar bilan 3 milliondan ziyod yoshlar qamrab olindi.

 

“Lekin, sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas”, - deydi davlat rahbari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//