«O‘zgidromet» hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Saqlash
02:44 / 24.05.2022 730 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 23—28 mayga ob-havo prognozini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, 23 may, dushanba kuni respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.

 

24—26 may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo kam bulutli va iliq bo‘ladi. Havo harorati kunduzi asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib 32-37 darajaga yetadi.

 

27 mayda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havoning navbatdagi qismi kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 5-7 darajaga pasayadi.

 

25 mayda shimolda, 26—28 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//