Siyosat
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani hokimi tayinlandi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berishicha, Muhammadmuso Orifjonovich Obidov Oltinko‘l tumani hokimi sifatida ish boshladi.
Muhammadmuso Obidov 1984 yil Marhamat tumanida tug‘ilgan, 2005 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida Markaziy bank Andijon viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank Andijon bo‘limi boshqaruvchisi sifatida ishlagan.
2022 yil yanvaridan Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani «Chorvador» mahalla fuqarolar yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida edi.
Xususan, Asqarov Abrorjon Qambarovich Uchko‘prik tumani hokimi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar Uchko‘prik tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q