Ombudsman Chernobil AES qatnashchisiga subsidiya ajratilishini ta’minladi

Saqlash
21:35 / 23.05.2022 784 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Toshkent shahridan 2-guruh nogironi, Chernobil AES qatnashchisi bo‘lgan fuqaro M.N. imtiyozli asosda uy-joy olish bo‘yicha murojaati tegishli organlar tomonidan qonun doirasida ko‘rib chiqilmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.

 

Murojaatchining yozishicha, u oila a’zolari bilan noqulay sharoitda yashab keladi. Qonunchilik normalarida Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga pul kompensasiyalari va imtiyozlar nazarda tutilgan bo‘lishiga qaramay, uning uy-joy xarid qilish bo‘yicha subsidiya ajratish haqidagi murojaati ijobiy hal etilmagan.

 

Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, o‘rganilishi natijasida fuqaroning shu masalada bir necha yildan buyon tegishli idoralarga murojaat qilayotgani hamda uning murojaatini ko‘rib chiqishda tegishli normativ hujjatlar me’yorlariga to‘liq amal qilinmaganlik holatlari aniqlandi.

 

Shundan so‘ng fuqaro murojaatini qonunchilik asosida ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli davlat idoralariga murojaat qilindi. Natijada 2-guruh nogironi, Chernobil AES qatnashchisi bo‘lgan fuqaro M.N.ga uy-joy xarid qilishi uchun subsidiya ajratildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//