
Madaniyat
Avvalroq, Buxoroda “I Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali” boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik. Festival yuzasidan 21-may kuni Buxoro shahar hokimligida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Oyina.uz muxbirining xabar berishicha, anjumanda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev festivalga qancha mablagʻ ajratilganini maʼlum qilgan.
«Ikki byudjet mablagʻlaridan moliyalashtirilgan. Raqamlari ham sir emas, 14 milliard soʻmga yaqin mablagʻ ajratilgan. Uning 50 foizi mahalliy byudjet hisobidan, 50 foizi respublika byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi. 221 nafar xorijiy ishtirokchilardan 33 ta riteylerlar boʻlib, ularni Janubiy Koreya, Qozogʻiston, Rossiya va boshqa-boshqa Yevropa mamlakatlaridan alohida taklif qilganmiz. Chunki ular shu kabi festivallardan hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilib, oʻzining yurtida olib ketib sotadi. Yaʼni xarid qilganda bizga valyuta kerib keladi, mahalliy byudjetga ham pul tushadi.
Ahamiyat bergan boʻlsangiz, festival maydonida ikkita bojxona postlari ham tashkil qilingan. Ular chetdan kirib kelgan qimmatbaho zargarlik buyumlari — 22 kilogramm kumush, 10 kilogramm tilla — bularning hammasi sotiladigan boʻlsa, oʻsha yerning oʻzida bojxona xodimlari uni rasmiylashtiradi. Chunki bojxonadan deklaratsiya bilan kirib kelgan, chiqib ketayotganlrida muammo boʻlmasligi uchun ham oʻsha yerni oʻzida davlat boji undiriladi. Bu ham byudjetga tushim boʻladi. Keyinchalik bu festivalda ishtirok etishni pulli qilib qoʻyish masalasini ham mutaxassislar bilan koʻrib chiqamiz.
Festival koʻrik-tanlov tarzida oʻtayotgani uchun uning mukofot puli umumiy 45 ming dollarni tashkil etadi. 12 nominatsiyalarga 3 oʻrindan pul mukofotlari beriladi», dedi Ulugʻbek Abdullayev.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q