Iqtisod
Prezident farmoniga koʻra, 1-iyundan boshlab:
➖ oliy va birinchi toifali tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshi 15 foizga;
➖ ikkinchi toifali va toifasi yoʻq xodimlarning maoshi 10 foizga oshiriladi.
Tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq toʻlash razryadlari boʻyicha tarif koeffitsiyentlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga koʻpaytirish orqali amalga oshiriladi.
Alohida natijalarga erishgan soha vakillariga 100 foizgacha, yosh shifokorlarga 1 mln soʻmgacha oylik ustama toʻlanadi.
2022-yil 1-sentyabrdan boshlab, davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga tibbiyot sohasidagi ilmni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini inobatga olgan holda:
fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigacha;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.
                  Jamiyat
                  Iqtisod
                  Siyosat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Ilm-fan
             109695
          Jamiyat
             94081
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73018
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q