Siyosat
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bergan xabarga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish bo‘yicha davlat xizmati 2018 yilning iyun oyidan buyon Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilmoqda. Ushbu xizmat Prezident maslahatchisi tomonidan tasdiqlangan vaqtinchalik reglament asosida ko‘rsatilmoqda.
Xabarda aytilishicha, ushbu xizmatlar uchun undirilgan to‘lovlar Adliya vazirligi jamg‘armasiga yo‘naltirilmaydi.
Xabarda "Nima uchun bu xizmat DXMlar orqali tekinga ko‘rsatilmoqda" degan savolga quyidagicha javob keltirilgan.
Amaliyot tahlili shuni ko‘rsatganki, 2018 yilda respublikadagi mavjud jami 49 ta avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalarida eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari almashtirilgan. Mazkur bo‘linmalarda yangi shakldagi plastik haydovchilik guvohnomalarini tayyorlash uchun jami 100 ta maxsus apparat o‘rnatilgandi.
Ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, birgina 2007 – 2017 yillar davomida tegishli guvohnomalarni qo‘lga kiritgan haydovchilar soni qariyb 3,5 million nafarni tashkil etmoqda (sobiq sovet tuzumi davri hamda mustaqillik yillaridan boshlab 2007 yilga qadar taqdim etilgan eski shakldagi haydovchilik guvohnomalari soni haqida esa, aniq ma’lumot mavjud emas).
Ta’kidlash joizki, yuqoridagi 49 ta bo‘linma (har bir viloyatda o‘rtacha 3-4 tadan bo‘linma mavjud) 2019–2021 yillarda o‘rtacha 6 mln. nafar haydovchilarning guvohnomalarini almashtira olish quvvatiga ega emas.
Jumladan, taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda, har bir bo‘linma tomonidan 2019–2021 yillar davomida yiliga 100 ming nafar, kuniga esa, 120-130 nafardan haydovchining haydovchilik guvohnomasini almashtirish talab etilmoqda.
Vaholanki, mazkur bo‘linmalar aholiga bu turdagi davlat xizmatini ko‘rsata olish quvvati 25-30 nafar haydovchigagina to‘g‘ri keladi, xolos.
Tabiiyki, mazkur holatda guvohnomalarni almashtirish bo‘linmalarida fuqarolarning uzoq vaqt navbatda turishlari, ularga noqulayliklar vujudga kelishi, oqibatda korrupsiya va boshqa shu kabi qonunbuzilishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Xorijiy tajriba tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, Moskva shahrida Aholiga ko‘p funksiyali davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Mening hujjatlarim” markazlarida 2016 yildan e’tiboran yuqoridagi davlat xizmati aprobasiya tarzida 2016 yildan, 2018 yilning 1 fevralidan esa, to‘liq joriy qilingan.
Ushbu loyihaning aprobasiyasi doirasida birgina Moskva shahrida 70 mingdan ortiq aholiga bunday xizmatlar ko‘rsatilgan.
Bu kabi amaliyot shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi hamda MDH ning qator mamlakatlarida allaqachon joriy etib bo‘lingan.
Shunga ko‘ra, aholi uchun davlat xizmatlari ko‘rsatilishida yanada qulayliklar yaratish, bunda korrupsion omillar shakllanishini va byurokratiya holatlarining oldini olish maqsadida haydovchilik guvohnomalarini almashtirishga doir davlat xizmatini Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatish amaliyotini joriy qilish taklif etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q