Jamiyat
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi «2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Bunda to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibini joriy etilgani qo‘shimcha qilingan.
Loyihaga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha taklif etilmoqda.
Xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 100 nafar (2021 yilda — 500);
Filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 100 nafar grantlarning buyurtmachisi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilanadi.
O‘qishga qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi kamayishi hisobiga — moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan OTMlarning (ularning soni 35 ta) to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanishi rejalashtirilmoqda. Aynan shu orqali 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida 2026 yilga qadar oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish ko‘zlanmoqda.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:
abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15 iyunidan 15 iyuliga qadar (15 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
– davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
– Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15 iyunidan 5 iyuliga qadar (5 iyul kuni ham) amalga oshirish;
Bundan tashqari, test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
110768
Jamiyat
94444
Jamiyat
90356
Jamiyat
74237
Jamiyat
//
Izoh yo‘q