“Qisqa hikoyalar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi (ro‘yxat)

Saqlash
16:53 / 10.05.2022 1903 0

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Oyina.uz” portali tomonidan “Qisqa hikoyalar” tanlovi e’lon qilingan edi.

 

Portal botiga ikki yuzdan ziyod ijodiy ishlar kelib tushdi. Aytish kerakki, aksariyat ishtirokchilar qisqa hikoya o‘rniga insho, qatra, she’r, bayon hamda katta hajmdagi hikoyalar yo‘llagan. Ko‘pgina materiallar mazmunan saviyali bo‘lsa-da, ammo janr jihatidan mos emas deb topildi. Avvalo, qisqa hikoya o‘z nomiga yarasha ixcham va lo‘nda yozilishi, kutilmagan yechimga ega bo‘lishi lozim.

 

Tanlovga yurtimizning barcha viloyatlari va qo‘shni respublikadan ham ijodiy ishlar kelib tushdi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar, adabiyot o‘qituvchilari faollik ko‘rsatishdi. Shuningdek, rusiyzabon qalamkashlar ham qatnashdi.

 

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, tanloqda quyidagi qisqa hikoyalar g‘olib deb topildi.

 

1-o‘rin – “Yoziq”, Qo‘chqor Norqobil

2-o‘rin – “Og‘riqli xotira”, Mastura Bo‘riyeva

3-o‘rin – “Kuyiklar”. Nilufar Obidova

 

Gʻoliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Ularning qisqa hikoyalari portalda e’lon qilinadi. Boshqa mualliflarning talabga javob beradigan ijodiy ishlari ham “Oyina.uz”da berib boriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//