
Jamiyat
Bu haqda soha mutaxassislari ma’lumot berdi.
– Yurtimizda ham emlash jarayonlarida sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro tashkilotlarning tegishli tavsiyalariga asosan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, emlashga monelik qiluvchi holatlar bo‘lganda tegishli choralar ko‘rilmoqda, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova SSV matbuot xizmati savoliga javoban. – Bunday holatlarga quyidagilar kiradi:
– vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo‘lgan shaxslar;
– anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari bo‘lgan shaxslar;
– o‘tkir yuqumli va yuqumsiz xastaliklar bilan kasallanganlar;
– homilador va emizuvchi ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumot yetarli emasligi sababli);
– 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
– OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumot yetarli bo‘lmagani sababli);
– koronavirus infeksiyasining o‘tkir shakli simptomlari bo‘lgan bemorlar;
– laboratoriyada “COVID-19”ga topshirilgan PZR tekshiruv testi musbat natija bergan shaxslar.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan kishi bilan aloqada bo‘lgan odam tibbiyot muassasasida davolanayotgan bo‘lsa, tuzalgandan keyin 3 oydan so‘ng emlanishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, emlashga bo‘lgan barcha turdagi moneliklar emlash punktlarida ro‘yxatga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinalari olib kelingani haqida xabar bergan edik.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q