Dam olish kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin

Saqlash
12:19 / 05.12.2025 39 0

“O‘zgidromet” O‘zbekiston bo‘yicha 6–8-dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

6–7-dekabr kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat shanba kuni kechqurun va yakshanba kuniga o‘tar kechasi Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Xorazm viloyatida yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati asosan 5–7-dekabrda kechalari –2...+3 daraja, kunduz kunlari +8...+13 daraja, shimolda kechalari –2...–7 daraja, kunduz kunlari +3...+8 daraja bo‘ladi.

 

8-dekabrda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

 

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

 

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 7–8-dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

 

Toshkent shahrida 5-dekabrda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 6–7-dekabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 6-dekabrda kechqurun va 7-dekabrga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat asosan 5–7-dekabrda kechalari 0...+2 daraja, kunduz kunlari +9...+12 daraja bo‘ladi.

 

8-dekabrda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi.

 

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//